O`zbekiston terma jamoasi muxlislari JCh haqida gap ketganida og`riq bilan Seulda Janubiy Koreyaga qarshi kechgan uchrashuv va albatta, Akmal Shorahmedovning o`z darvozasiga kiritgan to`pini esga olishadi. Mana bir yil o`tib, Akmal “Interfutbol” gazetasiga bergan intervyusida o`zbek futbol muxlislaridan kechirim so`radi.
“Menga 5-raqamli futbolchini qo`riqlash vazifasi yuklatilgandi. O`sha o`yinchi bilan jarima maydonchasiga barobar kirib bordik va to`pga sakradik. To`g`risini aytaman, kuchli yomg`ir ta`sirida to`pni uchib kelayotganini ham ko`rmadim. U boshimga tegib, darvozaga kirib ketganini ham keyin anglab etdim. Bu jarayon qandaydir soniyalarda yuz berdi”,-deya yodga oldi Shorahmedov o`sha vaziyatni.
“Fursatdan foydalanib, o`sha gol uchun futbol ishqibozlaridan alohida kechirim so`rayman. Agar shunday bo`lishini oldindan bilganimda, o`sha uchrashuvda maydonga tushmasdim, aksincha, faoliyatimga bir yo`la yakun yasab ham qo`yaverardim”-dedi Akmal Shorahmedov.





