O`zbekistonda paxta sanoati gidropresslash uskunasini ishlab chiqarishga ixtisolashgan mashinasozlik zavodi quriladi. Bu haqda naesmi.uz xabar beradi.
“O`zpaxtasanoat” uyushmasining xabar berishicha zavod 2014 yilning to`rtinchi choragida ishga tushirilishi mo`ljallangan.
Ochilajak zavodning quvvati yaqin o`n yil ichida paxta tolasi bog`lamini o`rash uchun mo`ljallangan press-texnikaning o`rnini bosishi mumkin.
Birinchi bosqichda ushbu loyihaga Xitoyning “Sinokot” kompaniyasi 3 million AQSh dollaridan ortiq to`g`ridan-to`g`ri investisiya kiritadi.





