AsosiyDunyo

Qirolicha Elizavetta o`g`lining ajralishiga qarshilik bildirmadi

Britaniya OAV shahzoda Charlz va Kamill Parker-Boulzlarning ajralishlari haqida xabar tarqatishdi.

Ularning ajralayotganliklari haqidagi mish-mishlarning bolalaganiga bir necha hafta bo`ldi. Ammo ularning nikohlari tugatilganligi haqida hali rasmiy ma`lumot berilmagan.

Biroq Amerikaning Globe jurnali shahzoda Charlz va Kamillaning munosabatlari tafsilotlarini aniqladi. Nashrning ma`lum qilishicha, ular ajralish jarayonini boshlab yuborishgan. Aniqlanishicha, Kamilla bo`lib o`tgan voqealar haqida hech kimga gapirmaslik uchun qirollik oilasidan 200 million funt sterling (350 million AQSh dollar) talab qilgan. Bunga javoban Elizaveta II Kamilla britaniya qirolligini sharmanda qilayotganini ma`lum qildi. Qirolicha unga bir penni ham bermasligini, ammo ajralish g`oyasini ma`qullashini aytdi.

Jurnalistlar Kamilla jangsiz taslim bo`lmaydi degan fikrda. U Charlzni ancha yillardan beri bilganligi sababli u haqda ko`p narsani bilishi tabiiy deya ta`kidlashmoqda.

Shahzoda Uelskiy va Kamilla Parker-Boulz 2005 yil nikohdan o`tgan bo`lib, ushbu turmush ikkisi uchun ham ikkinchi bo`lgan. 1996 yilda Charlz Diana Spenser bilan ajrashgan. 1997 yilda malika Diana avtohalokatda vafot etgan.

Charlzning ajralishi haqida rasmiy ma`lumot hali yo`q. Ta`kidlash joizki, bu xabar ajralish haqidagi birinchisi emas. O`tgan yilning so`nggida amerikalik jurnalistlar AQSh prezidentining ham ajralishi haqida xabar berishgan. Umuman olganda, Davlat rahbari ham mamlakatning birinchi xonimi hali ham birga va ajralish niyatlari yo`q.

    Boshqa yangiliklar