AQShning Kaliforniya shtati hukumati yong`in sababli Napa vodiysidan mingga yaqin kishini evakuasiya qildi.
Ushbu vodiy manzarasi barchamizga Windows XP operasion tizimining ishchi stolidagi surat sifatida tanish.
“ITAR-TASS” agentligining xabar qilishicha, tabiiy ofat bilan kurashish uchun mingdan ortiq mutaxassislar va aviasiya jalb qilingan. Ammo, olov katta maydon bo`ylab tarqalishda davom etmoqda. Hozirga kelib yong`in egallagan maydon 2 ming gektarni tashkil qilmoqda. Alanga beshta turar joy binosini vayron qilib bo`ldi.
Shtatda kuzatilayotgan quruqchilik va shamol ahvolni yanada qiyinlashtirmoqda.
Napa okrugi polisiyasi yong`in sabablarini aniqlamoqda. Ataylab o`t quyilishi tahmini ham ko`rib chiqiladi.
Napa o`zining uzumzorlari bilan mashhur.National Geographic jurnalining 69 yoshli suratkashi Chak O'rira bu suratni 2003 yil do`sti (hozirda turmush o`rtog`i) Dafna Larkin uyiga ketayotganda suratga olgan. U manzarani ko`rib mashinadan tushgan va bir necha surat olgan. Keyinchalik Chakning agenti Microsoft kompaniyasi uning suratini xarid qilmoqchi ekanligini aytgan. Chak o`z gonorarini sir tutmoqda. Ammo, uning surati dunyodagi eng qimmat surat bo`lganligi ma`lum.