AsosiyDunyo

KXDR Janubiy Koreyani birlashishga chaqirdi

KXDR hukumati Janubiy Koreyaga  dushmanlik va qarama-qarshilikdan voz kechib, murosaga kelish va birlashish uchun yo`l ochishni taklif qildi.

Bu haqda Shimoliy Koreya  markaziy axborot agentligi tarqatgan rasmiy bayonotga tayanib ITAR-TASS xabar bermoqda.

Pxenyan fikricha, turli hil ijtimoiy tizim va mafkuraga ega bo`lgan mamlakatlarni federasiya prinsiplari asosida birlashtirish mumkin.  Bu uchun KXDR hukumati Janubiy Koreyaga dushmanlik va qarama-qarshilikdan voz kechish, tashqi kuchlarga qaramlikni tugatish hamda shimol va janub munosabatlarini yaxshilash uchun  qulay sharoit yaratishni taklif qildi.

 KXDR 15 iyun Koreya Respublikasi sobiq prezidenti Kim De Junning Pxenyanga tashrifi davomida imzolangan deklarasiya buyicha  yo`l tutishga chaqirdi.

Shuningdek, KXDR koreys munosabatlari shu darajada pastlashib ketgani, hatto birgina ehtiyotsizlik bilan aytilgan gap yoki harakat havfli kelishmovchilikka olib kelayotganini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar