AsosiyDunyo

Malayziya yo`qolgan Boeing’ni yangi qurilma yordamida qidiradi

Malayziya mudofaa vaziri Xisamuddin Xuseyn yo`qolgan Boeing-777 qidiruv ishlariga yangi qurilma jalb qilinishini ma`lum qildi.

Qidiruv ishlarida qatnashayotgan xarbiy kemalarning biriga chuqurliklarni tekshira oladigan  quvvatli exolot (dengiz chuqurligini elektroakustik usul bilan o`lchaydigan asbob) o`rnatiladi. “Interfaks” agentligining yozishicha, ushbu qurilma 4 avgust kuni ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, 24 mart kuni Malayziya bosh vaziri va Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyot halokatga uchragani va uning bortidagi barcha yo`lovchilar va ekipaj a`zolari halok bo`lganini ma`lum qilgan edi. 

Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot 8 mart kuni parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Layner bortida 227 nafar yo`lovchi hamda 12 ekipaj a`zosi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar