5 iyul kuni Vladivostokda o`zbek estrada vakillarining shou konsert dasturi bo`lib o`tdi.
VL.ru saytining xabar qilishicha, konsert davomida muxlislar o`rtasida mushtlashuv sodir bo`lgan. Xabarda yozilishicha, “Bojalar” guruhining chiqishi vaqtida tartibsizliklar yuzaga kelgan va 5 daqiqa davom etgan. Shunga qaramay kosert davom ettirilgan.
Nashrning qayd etishicha, konsertda “Bojalar” guruhi, “Handalak”, Ulug`bek Rahmatullaev hamda internet yulduziga aylangan Jo`rabek Jo`raev qatnashgan.





