AsosiySport

JCh-2014. Ikkinchi yarim final uchrashuvini boshqaradigan hakam nomi ma`lum bo`ldi

Argentina hamda Gollandiya terma jamoalari o`rtasidagi JChning ikkinchi yarim final uchrashuvini turkiyalik  Junayt Chaqir boshchiligidagi hakamlar brigadasi olib boradi.  Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar qoldirildi.

Junayt Chaqir ushbu jahon chempionatida Braziliya – Meksika va Jazoir – Rossiya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvlarni boshqargan.

Eslatib o`tamiz, Braziliya – Germaniya uchrashuviga meksikalik Rodriges Moreno tayinlangan. Ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da bo`lib o`tadi.

Shuningdek, kuni kecha FIFA Jahon chempionatining qolgan o`yinlarini boshqarishi mumkin bo`lgan 15ta hakamning nomini e`lon qildi. Ular orasida hamyurtimiz Ravshan Ermatov ham bor.

Endi Ravshan Ermatov faqatgina final yoki uchinchi o`rin uchun bo`lib o`tadigan uchrashuvga tayinlanishi mumkin. Ko`pgina mutaxassislarning fikricha, finalni boshqarishga angliyalik Xovard Uebb va Ravshan Ermatov asosiy da`vogar bo`lib turibdi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar