Nyu-Yorkda tibbiyot yo`lida marixunani iste`mol qilish qonuniylashtirildi. Ushbu qonun loyihani Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo imzoladi. Bu haqda Vesti.ru sayti xabar bermoqda.
Iyun oyida qonun ishlab chiquvchilar vakillari tibbiyot yo`lida marixunani iste`mol qilishni qonuniylashtirishni to`g`risidagi qonun loyihasini taqdim etishgan edi. Hujjatlarni tayyorlash uchun 5 oy vaqt kerak bo`ldi. Hujjatga ko`ra, shtatning tibbiyot organlariga nazorati ostida 5 ta hususiy kompaniyalar giyohvand moddani tarqatish huquqiga ega bo`ladi.
Marixuanani qator kassaliklar bilan shu qatorda OITS, tutqanoq, neyropatiya bilan chalingan Nyu-York aholisiga shifokorlar tomonidan yozib berilishi mumkin. Taqdim etilgan qonun loyihasiga ko`ra, marixuanani ovqat bilan hamda faqatgina Nyu-York shtatida etishtirilgan va ishlov berilganini iste`mol qilish mumkin. Ammo, uni chekish taqiq ostida qoladi.
Hozirgi kunda, marixuana iste`moli AQShning 23 ta shtatida qonuniylashtirilgan.





