AsosiyDunyo

Gvatemaladagi zilzila uch kishining umriga zomin bo`ldi

Meksika-gvatemala chegarasi hududida sodir bo`lgan kuchli zilzila oqibatida uch kishi halok bo`ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, Gvatemalaning ayrim tumanlarida elektr toki uzatilishi to`xtagan, binolarga jiddiy zarar etgan.

Kuchli zilzila Meksikaga ham o`z ta`sirini o`tkazdi. Ammo, u erdan qurbonlar haqida ma`lumotlar kelib tushmagan.  

Kuchi magnituda bo`yicha 7,1 ballni tashkil qilgan zilzilaning epimarkazi Meksika va Gvatemala yaqinidagi Tinch okeanida bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar