Braziliyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha Jahon chempionatining birinchi yarim final uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Musobaqa mezbonlari Braziliya terma jamoasi o`z muxlislari ko`z o`ngida yirik 7:1 hisobida mag`lubiyatga uchradi. Birinchi bo`lim 5:0 hisobi bilan yakunlandi. Uchrashuvning 11 daqiqasida Myuller, 23 daqiqasida Kloze, 24, 26 daqiqalarda Kroos, 29 daqiqada Xedira va 69, 79 daqiqada Shyurrle to`p kiritdi. Braziliya terma jamoasining yagona golini 90 daqiqada Oskar kiritdi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 01:00da Argentina hamda Gollandiya terma jamoalari o`rtasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvi bo`lib o`tadi.