Braziliyalik futbol muxlislari terma jamoalarining mag`lubiyatidan norozi bo`lishdi va tartibsizliklar keltirib chiqarishdi.
San-Pauluda uchrashuv yakunlanishi bilan bir necha avtobuslar yoqib yuborildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shuningdek, futbol fanatlari elektrotexnika do`koniga hujum qilishdi.
Mamlakatning boshqa shaharlaridan ham tartibsizliklar boshlanib ketdi. Rio-De-Janeyroda Germaniyaning 5 to`pidan so`ng, sohillarda futbol uchrashuvini kuzatayotgan futbol muxlislari shaharga bostirib borishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa Braziliya bayrog`ini yoqayotgan futbol muxlislarining suratlari paydo bo`ldi.
Shuningdek, Braziliya mamlakati prezidenti Dilma Russeff mag`lubiyatdan so`ng terma jamoani qo`llab-quvvatladi.
“Terma jamoaning mag`lubiyatidan juda ham afsusdaman. Barcha muxlislar va futbolchilarni qo`llab-quvvatlamoqchiman. Braziliya, o`rningdan tur, tizzalaringni qoqib tashla va o`yinga qayt”, - deydi Russeff.
Eslatib o`tamiz, Jahon chempionati yarim final uchrashuvida Braziliya Germaniya terma jamoasiga yirik 1:7 hisobida mag`lubiyatga uchradi.
12 iyul kuni Braziliya terma jamoasi uchinchi o`rin uchun kurashadi. Raqib nomi bugun ma`lum bo`ladi.








