“Bunyodkor” chap qanot himoyachisi Sahob Jo`raev “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda Chempionat.asia sayti xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, Sergey Lushan uni Turkiyaga boradigan tarkibga kiritmagan va futbolchi o`ziga boshqa jamoa topishi kerakligi ma`lum bo`ldi. Unga tushayotgan takliflar ichida "Lokomotiv" ham bor.
Eslatib o`tamiz, iyul oyi boshida “Bunyodkor” himoyachisi Artyom Filiposyan “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolagan edi.
O`tgan yilning boshida Viktor Karpenko “Lokomotiv”ga qo`shilgan bo`lsa, dekabr oyida Jasur Hasanov, Lutfulla To`raev, Ignatiy Nesterov va Anvar G`ofurovlar “Temiryo`lchilar” safiga qo`shilishgan edi. Fevral oyida Vadim Abramov “Lokomotiv”ga bosh murabbiy etib tayinlangach, Anvar G`ofurov “Bunyodkor”ga qaytib ketgandi. Fozil Musaev esa Qatar klubidan “Lokomotiv” tarkibiga qo`shildi.
Umumiy hisobda hozir “Lokomotiv” tarkibida “Bunyodkor” safida to`p surgan 6 nafar futbolchi harakat qilmoqda. Sahob Jo`raev ettinchi futbolchi bo`lishga yaqin turibdi.
Qayd etish joiz, Sahob Jo`raev 2007 yil aynan “Lokomotiv” tarkibidan “Bunyodkor”ga o`tgan.





