AsosiyDunyo

AQSh Germaniya razvedka xodimining MRB bilan aloqasi borligini norasman tasdiqladi

AQSh ma`muriyati vakillaridan biri Germaniyada “josuslik ishi” yuzasidan qo`lga olingan tashqi razvedka xodimi MRB (Markaziy razvedka boshqarmasi) bilan aloqada bo`lib turganini norasman tasdiqladi.

Ammo, qo`lga olingan Germaniya mudofaa vazirligi xodimining AQSh maxsus xizmati bilan aloqasi borligi to`g`risidagi xabarni rad etdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bermoqda.

Oq uyning rasmiy vakillari va AQSh davlat departamenti BND (Germaniya federal razvedka xizmati) xodimining josusligi to`g`risidagi tergov ishi yuzasidan hech qanday izoh bermaganligiga qaramay, siyosatchilar alohidagi suhbatlarda u MRB bilan aloqada bo`lgani va boshqarma undan qimmat baho ma`lumotlar olganini tan olishmoqda.   

Josuslikda ayblanayotgan ikkinchi shaxs haqida esa AQSh hukumati vakillari MRB bilan aloqasi bo`lmagani, u shunchaki AQSh davlat departamenti xodimlari bilan do`stona munosabatda uchrashganini ma`lum qilishdi.

O`tgan haftada  Berlinda Germaniya fuqarosi chet el razvedka xizmati uchun josuslik qilganlikda gumon qilinib hibsga olingan edi. Josus bundestag maxsus komissiyasining AQSh maxsus xizmati GFRda olib borgan faoliyati haqidagi tergov ishlari to`g`risidagi ma`lumotlarni AQSh milliy xavfsizlik agentligiga jo`natib turgan.

Ikkinchi ayblanuvchi hozircha ozodlikda, u Germaniya mudofaa vazirligi xodimi hisoblanadi.  Josuslikda gumon qilinayotgan ikkinchi shaxsning kompyuterlari va xotira qurilmalarini musodara qilingan.

Germaniya federal kanslyariyasi mamlakat rezvedka xizmatiga AQShdagi hamkor tashkilotlari bilan ishlashni chegaralab qo`ydi.

    Boshqa yangiliklar