AsosiySport

O`FF serbiyalik murabbiy bilan muzokara olib bormoqda

O`zbekiston futbol federasiyasi Terma jamoalar markazi taniqli serbiyalik murabbiy bilan muzokara olib bormoqda, deya xabar beradi Championat.asia.

Ammo, murabbiyning ismi oshkor etilmagan faqatgina serbiyalik ekanligi aniq. Saytning tahminiga ko`ra, bu 5 ta terma jamoani JCh final bosqichiga olib chiqqan Bora Milutinovich.

“Hozircha nomi oshkor qilinmayotgan bu mutaxassis O`zbekiston milliy terma jamoasida Mirjalol Qosimovga yordam berishga tayyorligini ham ma`lum qilgan”,-deyiladi xabarda.

Hozirda Jahon chempionatining  uchinchi o`rin va final uchrashuvlarini tomosha qilish uchun O`FF terma jamoalari markazi direktori Asqar Tolibjonov, PFL bosh direktori Farhod Magometov va O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Braziliyaga uchib ketishgan.

Saytning yozishicha, serbiyalik murabbiy bilan muzokaralar aynan Braziliyada o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar