AsosiySport

Germaniya – Jahon chempioni! (VIDEO)

Braziliyada bo`lib o`tgan futbol bo`yicha Jahon chempionati ham o`z nihoyasiga etdi.

Finalda musobaqa favoriti hisoblangan Germaniya va Argentina terma jamoalari uchrashishdi. O`yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Ammo, qo`shimcha 2-bo`limda zahiradan maydonga tushgan Mario Gyotse faoliyatidagi eng muhim golni kiritishni uddaladi.  Argentina terma jamoasida ham bir qancha imkoniyatlar bo`ldi, ammo Iguain va Palasiolar o`z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi.

Shuningdek, jahon chempionatining eng yaxshilari ham aniqlandi. Demak tanishing:

Eng yaxshi to`purar - Xames Rodriges – 6 ta gol (Kolumbiya)

Eng yaxshi darvozabon - Manuel Noyer (Germaniya)

Eng yaxshi futbolchi - Lionel Messi (Argentina)

JCh-2014, Final
Germaniya – Argentina 1:0 
Gol:  1:0 – 113 Getse. 
Germaniya – Noyer, Lam, Xummels, J.Boateng, Xevedes, Shvaynshtayger, Kroos, Kramer (Shyurrle, 32), O`zil, Myuller, Kloze (Getse, 88).
Argentina – Romero, Sabaleta, Demichelis, Garay, Roxo, Bigliya, Maskerano, Enso Peres (Gago, 86), Lavessi (Aguero, 46), Messi, Iguain (Palasio, 78).

    Boshqa yangiliklar