AsosiyShou-biznes

Shakira: “Men Pikeni ovuta olaman”

Kuni kecha Braziliyadagi “Marakana” stadionida futbol bo`yicha jahon chempionati yopilish marosimida kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira qatnashdi. 

Marosimdan avval Shakira jahon chempionati uning hyoatini o`zgartirib yuborganini tan oldi. 
“Men muhabbatimni jahon chempionatida uchratganimni hech qachon unutmayman. Agar u bo`lmaganida, o`g`lim Milan ham bo`lmasdi”,-dedi Shakira. 

Qayd qilib o`tamiz, Shakira va uning sevgilisi ispaniyalik futbolchi Jerar Pike 2010 yilgi Janubiy Afrikada bo`lib o`tgan jahon chempionatida tanishishgan. O`shanda Shakira musobaqaning rasmiy madhiyasi - Waka Waka Times for Africa qo`shig`ini ijro etgan.  Ilk bor Shakira  2006 yil Germaniyada bo`lib o`tgan jahon chempionati yopilish marosimida qatnashgan edi. Joriy yilgi JCh Shakira uchun uchinchisi bo`ldi. 

Shuningdek, xonanda Pikening Ispaniya terma jamoasining omadsiz ishtirokiga munosabati haqidagi savolga - “men Pikeni ovuta olaman”,-deya javob qaytardi. 

    Boshqa yangiliklar