AsosiyShou-biznes

O`zbekistonda davlat muzeylariga bepul kirish kunlari belgilandi

O`zbekistonda  haftaning har seshanba va juma kunlari bolalarning respublika davlat muzeylariga bepul kirishi kunlari etib belgilandi.

“Sog`lom bola yili” Davlat dasturi 9-bandi ijrosini ta`minlash, o`sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga xalqimizning  boy milliy merosi va tarixiy o`tmishini hurmat qilish va e`zozlashni singdirish hamda aholi dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyulda “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan O`zbekistondagi idoraviy bo`ysunishidan qat`iy nazar barcha davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta`minlash maqsadida haftaning har seshanba va juma kunlari bolalarning respublika davlat muzeylariga bepul kirishi kunlari etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar