1

Jozef A.Pressel: O`zbekistonda islohotlar davrida ham o`zgarmaydigan muhim tushunchalar saqlanib qolgan

Siyosat 16.05.2018, 14:29
Jozef A.Pressel: O`zbekistonda islohotlar davrida ham o`zgarmaydigan muhim tushunchalar saqlanib qolgan

O`zbekiston respublikasi Prezidentining AQShga qiladigan rasmiy tashrifi oldidan «Uzbekistan Today» muxbiri AQShning O`zbekistondagi sobiq elchisi Jozef A.Pressel bilan uchrashib, O`zbekistondagi islohotlar, shu bilan birga O`zbekiston-Amerika istiqbolli hamkorligi yuzasidan suhbatlashdi.

–O`zbekistondan ketganimga 20 yil bo`lganiga qaramay, meni unutmay suhbatga chorlaganingiz, men va mamlakatim uchun katta sharafdir. Janob Shavkat Mirziyoev Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari ichidan birinchi bo`lib, davlatimizga tashrif buyurmoqda. Buning o`zi O`zbekistonda ro`y berayotgan o`zgarishlar uchun qanday sa`y-harakatlar amalga oshirilayotganining yorqin dalilidir.

Ilgari O`zbekiston sobiq Sho`ro davlatlari qatorida ekanligida yutuqlar bilan birga bir qancha kamchiliklar ham mavjud edi. O`zbekiston Markaziy Osiyoning markazi, Toshkent esa uning poytaxti edi. To`g`risini aytganda, amerikaliklar hech qachon Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlar o`rnatishga harakat qilmagan. Ammo hozir zamonlar o`zgardi, yangi kadrlar etishib chiqdi, o`zgarishlar qilish vaqti etdi. O`zbekiston butun dunyoni o`ziga jalb etgan mamlakatga aylanmoqda.

Mamlakatingizning gullab yashnashi bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayondir, bu erda islohotlarning ham o`rni katta. O`zbekistonga safar qilganimda, har safar yangidan-yangi binolar barpo etilganligining, tibbiy yordam ko`rsatish takomillashganligining guvohi bo`laman. Biroq shunday narsalar ham borki, u islohotlar vaqtida ham o`z ahamiyatini yo`qotmaydi, o`zgarishsiz qoladi. Bu kattalarga bo`lgan hurmat, oilaning muhimligi, mahallaning odamlar hayotida tutgan o`rnidir. Ming afsuslar bo`lsinkim, bunday tushunchalar amerikaliklar uchun yot tushunchalardir.

Men O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va uning jamoasi amalga oshirgan ishlar natijasini ko`rib turibman. Bu mashaqqatli mehnat iqtisodiy sohada yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Mamlakatda vizasiz tartibning joriy etilishi, konvertasiya kiritilishi, xalqaro investloyihalarning amalga oshirilayotganligi odamda katta taassurot uyg`otadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1