AsosiyDunyo

Suv kanasiga Jennifer Lopes nomi berildi

Bir guruh amerikalik olimlar  suv kanasining yangi turiga mashhur xonanda Jennifer Lopes nomini berishdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda. 

Puerto-Rikoda topilgan yangi hashorat bilan xonanda o`rtasida hech qanday o`xshashlik yo`q. Olimlar kashfiyotning ilmiy hisobotini yozish vaqtida Lopesning qo`shiqlarini tinglaganlar va unga minnatdorchilik bildirish maqsadida hashoratga Litarachna lopezae nomini berishga qaror qilishgan.

“Maqola yozayotgan va JCh uchrashuvlarini tomosha qilish vaqtida Jey Lo qo`shiqlari tufayli jamoa kayfiyati a`lo darajada bo`ldi”,-dedi olimlardan biri. 

Nashrning qayd etishicha, mitti hashoratlarga mashhur musiqachilar nomi berilishi ilk marotaba kuzatilishi emas.  

 

    Boshqa yangiliklar