AsosiyDunyo

Afg`onistonda prezident kortejiga hujum uyushtirildi

Jangarilar Afg`oniston prezidenti Xamid Karzayning kortejiga hujum uyushtirishdi. Bu haqda ITAR-TASS agentligi xabar beradi.

Voqea mamlakat sharqidagi Paktiya provinsiyasida sodir bo`ldi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, davlat rahbari qo`riqlash xizmatining 4 nafar xodimi jarohatlangan. Prezidentning salomatligi haqida xabar berilmagan. 

Payshanba kuni tongda esa Afg`oniston xafvsizlik xizmati tolibonlarning Qobul aeroportiga uyushtirgan hujumini qaytarishgan edi.

Eslatib o`tamiz, 14 iyun Afg`onistonda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo`lib o`tgan. Davlat rahbari lavozimi uchun tashqi ishlar sobiq vaziri Abdulla Abdulla va moliya sobiq vaziri Ashraf G`ani Axmadzay  kurashmoqda.

O`tkazilgan prezidentlik saylovlarining so`nggi natijasini 22 iyul kuni rasman e`lon qilish hamda 2 avgust kuni yangi prezident inaugurasiyasi o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar