"Bunyodkor" ispaniyalik legioner Karles Koto bilan xayrlashdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
“O`zaro kelishuvga binoan klub va yarim himoyachi o`rtasidagi shartnoma bekor qilindi”,-deyiladi xabarda.
"Bunyodkor" tarkibida Koto jami 10 uchrashuvda maydonga tushdi. Shu jumladan, mamlakat chempionatida – 6, Osiyo chempionlar ligasida – 3 va O`zbekiston kubogi uchun 1 o`yinda qatnashdi.
"Bunyodkor" futbol klubi Karles Kotoga jamoada o`tkazgan davri uchun minnatdorchilik izhor qildi va kelgusi faoliyatida omad tiladi.





