AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada shahar markaziga vertolyot quladi (VIDEO)

17 iyul kuni Janubiy Koreyaning Kvandju shahri markazida vertolyot quladi. Ushbu halokat 5 kishining umriga zomin bo`ldi. 

Kiodo nashrining yozishicha,  vertolyot odamlar yashovchi tumandagi yo`lga qulagan. 
Vertolyot bortida bo`lganlarning barchasi halok bo`lgan, avtobus bekatida turgan maktab o`quvchisi esa jarohat olgan. 

Vertolyot 16 aprel kuni Janubiy Koreya sohillarida halokatga uchragan “Sevol” kemasining bedarak yo`qolgan yo`lovchilari qidiruv ishlaridan qaytayotgan edi. 

Eslatib o`tamiz, bortda 476 kishi bo`lgan "Sevol" yo`lovchi kemasi 16 aprel kuni halokatga uchragan. Ulardan 325 nafari Chejudo oroliga sayohatga otlangan maktab o`quvchilar edi. So`nggi xabarlarga ko`ra, 300 nafarga yaqin kishi halok bo`lgan, yana o`nlab kishilar bedarak yo`qolgan deb hisoblanmoqda. Kema qulashi ishi yuzasidan 20 kishi qo`lga olingan. Shu qatorda, halokatda omon qolgan ekipaj a`zolari ham.

Ushbu halokat nafaqat yo`lovchi va kemadagilarning, balki uning tashqarisidagi bir necha kishilarning ham o`limiga sabab bo`ldi. Masalan, qutqaruv ishlari davomida  ikki nafar  g`avvos halok bo`ldi, Sevol kemasidan qutqarib olingan Janubiy Koreyaning Ansan shahri maktab direktori o`rinbosari o`z joniga qasd qilgan, u qutqarib qolingan yo`lovchilar turgan Chindo sport zali yaqinidagi qarag`ay daraxtiga o`zini osgan. Kema bort muhandisi esa o`z joniga qasd qilmoqchi bo`lgan, ammo uning hayotini shifokorlar saqlab qolishdi.

    Boshqa yangiliklar