AsosiyDunyo

Rossiyada mehnat muhojirlari uchun test joriy etilmoqda

Rossiyada ishlashni istagan muhojirlar  Rossiya tarixidan 19 ta sana va 50 nafar shaxsni bilishlari lozim. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

2015 yilning 1 yanvaridan Rossiya Federasiyasi hududida vaqtincha yashash yoki ishlash istagida bo`lgan mehnat muhojirlari uchun test joriy etilmoqda. Test savollari  rus tili, Rossiya tarix va RF qonunchiligi haqida bo`ladi.  

Ma`lumotlarga ko`ra, test 20 ta savoldan tashkil topadi va asosan Rossiya tarixi bilan bog`liq 19 ta sana va 50 nafar xarbiy, yozuvchi, shoir va siyosatchilar haqida savol bo`ladi. Shuningdek, muhojir  chet el fuqarosi boshqa mamlakat hududida o`zini qanday tutishi  to`g`risida bilimga ega bo`lishi lozim.  

    Boshqa yangiliklar