AsosiyDunyo

Air Algerie samolyoti halokatga uchradi

Air Algerie aviakompaniyasi Burkina-Faso poytaxtidan uchgan samolyoti bilan aloqa yo`qolgani haqida xabar bergan edik.

Jazoirning "An-Naxor" telekanalining xabar berishicha, samolyot Niger poytaxti atrofida halokatga uchragan.  

Bortda bo`lgan barcha 110 yo`lovchi va 6 nafar ekipaj a`zolari halok bo`lgani tahmin qilinmoqda. 

Xabar qilinishicha, aloqa samolyot parvozga chiqqandan 50 daqiqa o`tib yo`qolgan.

Eslatib o`tamiz, bu iyul oyida ro`y bergan uchinchi aviahalokatdir. Amsterdam-Kuala-Lumpur reysi bo`yicha uchgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti 17 iyul kuni Ukrainaning Donesk  viloyatida quladi.  Layner bortida bo`lgan barcha 298 kishi halok bo`lgan. 

Shuningdek, 23 iyul kuni TransAsia Airways aviakompaniyasining yo`lovchi samolyoti Tayvanda favqulodda qo`nishni amalga oshirish vaqtida halokatga uchradiOqibatda 47 kishi halok bo`lgan, 11 kishi jarohatlangan.

    Boshqa yangiliklar