Yaponiyada kuzatilayotgan issiq havo harorati oqibatida bir kishi favot etdi va 561 kishi shifoxonaga etkazildi. Ulardan ikki nafarining ahvoli og`ir deb hisoblanmoqda. Bu haqda NHK kompaniyasiga asoslanib “RIA Novosti” xabar beradi.
Payshanba kuni Miyadzaki shahrida havo harorati 37,4 darajani, Sidzuoka prefekturasida 37,2 darajani tashkil etdi. Tokioda termometr ko`rsatkichlari 35,2 darajani ko`rsatmoqda.
Issiq havoni namlikning yuqoriligi sababli engib o`tish qiyin kechmoqda. Payshanba kuni tongda Tokio shahrida havodagi suv miqdori 75 foizni tashkil etdi.
O`tgan haftada Yaponiyada issiq havo oqibatida 3 kishi halok bo`lgan, 3179 kishi shifoxonaga tushgan.





