Oliy rada tomonidan bosh vazir etib tayinlangan Arseniy Yasenyuk iste`foga chiqishi haqida ma`lum qildi. Bu haqda “ITAR-TASS” agentligi xabar beradi.
“Parlament koalisiyasi tarqalib ketishi hamda bir qator muhim qonun loyihalar qabul qilinmaganligi munosabati bilan iste`foga chiqishimni ma`lum qilaman”,-dedi Yasenyuk Ukraina parlamenti yig`ilishida.
Rada spikeri deputatlarga bosh vazir lavozimiga 3 ta nomzod tayinlashni taklif qildi.





