AsosiySport

Ravshan Ermatov "Malibu" va "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi

Braziliyada bo`lib o`tgan futbol bo`yicha jahon chempionatida hakamlik qilgan Ravshan Ermatov va Abduhamidullo Rasulovlar taqdirlanishdi. Bu haqda O`FFning tvitterdagi rasmiy  sahifasida xabar qoldirildi.

FIFA hakami Ravshan Ermatov "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlandi. Shuningdek, Ermatovga "Malibu", qanot hakami Abdulhamidullo Rasulovga esa "Orlando" avtomobili sovg`a qilindi. Marosim Olimpiya Shon-shuhrati muzeyida bo`lib o`tdi.

Bundan Tashqari, O`zbekiston Futbol Federasiyasi Ijroiya Qo`mitasi  FIFA referisi Ravshan Ermatov «O`zbekiston Futbol Federasiyasi» faxriy nishoni bilan taqdirlash to`g`risida qaror qabul qildi. 

Eslatib o`tamiz, Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Braziliyadagi mundialning 4ta o`yinida ishlashdi. Ravshan Ermatov brigadasi jahon chempionatlari tarixida 9ta uchrashuvda ishlab jahon rekordini o`rnatdi. 

    Boshqa yangiliklar