Afg`onistonda mamlakat prezidenti Xamid Karzayning amakivachchasi Xashmat Karzay o`ldirib ketildi. Bu haqda ITAR-TASS xabar bermoqda.
Xashmat Karzay iftorlik munosabati bilan uyida ko`p mehmonlarni kutgan. Terrorchi mehmon sifatida tashrif buyurib, portlovchi qurilmani ishga tushirgan. Qo`poruvchilik oqibatida faqatgina Xashmat Karzay halok bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, 17 iyul kuni jangarilar prezidentning o`zi - Xamid Karzayning kortejiga hujum uyushtirishgan edi. Voqea mamlakat sharqidagi Paktiya viloyatida sodir bo`ldi. Hujum oqibatida davlat rahbari qo`riqlash xizmatining 4 nafar xodimi jarohatlangan edi.





