Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O`zA xabar beradi.
Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog`liq, muvaffaqiyatlar, O`zbekiston xalqiga tinchlik, xotirjamlik, taraqqiyot hamda farovonlik tilab, ezgu va samimiy istaklar bildirilgan.
Jumladan:
Iordaniya Podshohi Abdulloh Ikkinchi bin al-Husayn
O`mon Sultoni Qobus bin Said
Kuvayt Davlati Amiri Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o`rinbosari, Ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon
Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharif
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulaziz Buteflika
Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam
Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun
Islom hamkorligi tashkiloti Bosh kotibi Iyyad bin Amin Madaniy
o`z tabriklarini yo`llaganlar. Qutlovlar kelishi davom etmoqda.





