AsosiyDunyo

Bangladeshda kema ag`darilishi oqibatida yuzlab kishilar bedarak yo`qoldi

Dushanba kuni Bangladeshdagi Padma daryosida bortida 200 nafardan ortiq yo`lovchi bo`lgan kema ag`darilib ketdi. Halokat oqibatida yuzlab kishilar bedarak yo`qolgan, 110 kishi qutqarib olingan.

Sinxua agentligining mahalliy polisiya vakillariga tayanib xabar berishicha, kema mahalliy vaqt bilan 11:15 da, poytaxtdan 37 km uzoqlikda ag`darilib ketgan. Halokat vaqtida kema me`yordan ortiq  yuk bo`lgani aniqlangan.

Polisiya vakilining so`zlariga ko`ra, qutqaruv ishlari davom etmoqda. Halok bo`lganlar soni aniq aytilmagan.

    Boshqa yangiliklar