Estradamizning iqtidorli xonandalaridan biri Munisa Rizaeva 7, 8, 9 oktyabr kunlari “Istiqlol” sa`nat saroyida ilk yakkaxon konserti taqdim etishi haqida xabar bergandik.
Ushbu konsert uchun chipta narxlari ham ma`lum bo`ldi. Chipta narxlari tushirilgan suratni Munisa Rizaeva Instagram’dagi sahifasiga joyladi.
Unga ko`ra, chiptalar bahosi 10 mingdan 100 ming so`mgacha etib belgilangan.
Eslatib o`tamiz, xonanda konsertning reklama bannerlarida fonogramma deb yozilishini, ammo u jonli aytishini ma`lum qilgan edi.





