AsosiyDunyo

Xodorkovskiy onasining dafn marosimiga bormaydi

YuKOS neft kompaniyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy 11 avgust kuni bo`lib o`tadigan onasining dafn marosimiga tashrif buyurmaydi.

Bu haqda  sobiq milliarderning matbuot kotibi bergan ma`lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Xodorkovskiy Rossiyaga kelmaydi. Chunki hech kim uning bo`ynidan moliyaviy ayblovlarni olmagan”,-deydi matbuot kotibi.

Mixail Xodorkovskiy 1997-2004 yillarda “YuKOS” neft kompaniyasini rahbari bo`lgan. 2003 yilda esa dunyoning eng badavlat kishilaridan biri bo`lgan Xodorkovskiy (15 mlrd AQSh dollar) hibsga olingan.  2005 yilda firibgarlik va boshqa bir qator jinoyatlarda aybdor deb topildi. “YuKOS” kompaniyasi esa bankrotligi haqida e`lon qildi. 2010-2011 yillarda Mixail Xodorkovskiy boshqa jinoyatlarda ham aybdor deb topildi.

2013 yil dekabrda Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin  “Xodorkovskiyni avf etish to`g`risida” qaror qabul qildi. 19 dekabr kuni Vladimir Putin matbuot anjumanida Xodorkovskiy avf etish to`g`risida rasmiy iltimosnoma yozganini ma`lum qilgandi. Biznesmen rasmiy iltimosnomada onasining salomatligi og`ir ekanligini sabab qilib ko`rsatgani qayd qilingan.      

Forbes jurnali uning hozirgi boyligini tahminan 100-250 million AQSh dollariga baholamoqda. Berlindagi matbuot anjumanida Xodorkovskiy uning boyligi yashash uchun etarligi va ishlashga majbur bo`lib qolmasligi ma`lum qilgan. “Yashash uchun pul etadi, ammo, men futbol klublarini sotib olmayman”,-dedi Xodorkovskiy.   

    Boshqa yangiliklar