AsosiySport

Ozarbayjon - O`zbekiston uchrashuvini gruziyalik hakam boshqaradi

20 avgust kuni Boku shahrida bo`lib o`tadigan Ozarbayjon va O`zbekiston milliy terma jamoalari o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvi boshlanish vaqti va uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomi ma`lum bo`ldi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ozarbayjon - O`zbekiston o`yini 20 avgust kuni Boku shahridagi «Bakcell Arena»stadionda bo`lib o`tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Terma jamoalar o`rtasidagi bahsni esa, Georgiy Vadachkariya boshchiligidagi gruziyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Ma`lumot o`rnida, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi 15 avgust kunli Toshkentda yig`iladi va to`rt kunlik mashg`ulotlardan so`ng 19 avgust kuni Ozarbayjonga qarshi o`rtoqlik o`yinini o`tkazish uchun Boku shahriga jo`nab ketadi.

    Boshqa yangiliklar