SSV Sirdaryo viloyatida sibir kuydirgisi tarqalganini rasman tasdiqladi

Salomatlik 05.08.2014, 17:17
SSV Sirdaryo viloyatida sibir kuydirgisi tarqalganini rasman tasdiqladi

Sog`liqni saqlash vazirligi Sirdaryo viloyatida sibir kuydirgisi bilan 9 kishi zararlanganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Uz24.uz nashri xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, kasallik joriy yilning iyun oyida Xusnobod  qishlog`ida shohli mollarda kuzatilgan. So`nggra ushbu kasallik odamlarda ham kuzatilgan. 9 kishi ushbu tashhis bilan mahalliy shifoxonaning infeksion bo`limiga etkazilgan.

Qayd etishilicha, hozirga kelib, barcha bemorlar yaxshi ahvolda shifoxonadan chiqarilgan.

Sirdaryo viloyatida go`sht mahsulotlari bozoridagi vaziyatni o`nglash uchun epidemiyaga qarshi komissiya mahalliy hokimyat organlariga go`sht savdosi, go`sht mahsulotlari va savdo rastalarida nazorat o`tkazish buyurildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1