AsosiyDunyo

London millionerlar shahri deb tan olindi

Londonda millionerlar eng ko`p bo`lgan shahar deb topildi. Bu haqda New World Wealth kompaniyasi o`tkazgan tadqiqot hisobotlari ko`rsatmoqda.

Ekspertlar fikricha, britaniya poytaxti aholisining 3 foizi bir million AQSh dollaridan ortiq miqdorda mablag`ga ega.

Kompaniyaning qayd etishicha, London Evropaning moliyaviy markazi sifatida dunyo bo`ylab barchaning e`tiborini tortadi.

Multimillionerlar – hisobida kamida 10 million AQSh dollariga ega bo`lganlar soni bo`yicha esa London Gonkong va Nyu-Yorkdan ortda qolmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar