Liberiya prezidenti Ellen Jonson-Serlif Ebola virusining tarqalishi sababli mamlakatda favqulodda vaziyat e`lon qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar beradi.
Shuningdek, prezident tarqalayotgan virus butun respublika uchun xavfli ekanligini qayd qilib o`tdi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xabariga ko`ra, Ebola virusi oqibatida G`arbiy Afrika mamlakatlarida 932 kishi halok bo`lgan, 1711 kishi esa virus bilan zararlangan bo`lishi mumkin.





