Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 6-8 iyun kunlari “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro Kongressi bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan. Mazkur nufuzli anjuman O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida o`tkazilmoqda.
5 iyun kuni Sankt-Peterburg vaqti bilan 21:30 da mazkur anjumanda ishtirok etish uchun O`zbekistondan bir guruh olimlar, yirik muzeylar va ilmiy muassasalar rahbarlari, taniqli san`atkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari Sankt-Peterburg shahriga etib kelishdi. Havo harorati +9 S. Neva sohiliga xos “oq tunlar” afsonaviy shaharga o`zgacha fusun baxsh etgan.
“Park Inn Pribaltiyskaya” mehmonxonasida yurtimizdan tashrif buyurgan mehmonlar tantanali ravishda kutib olindi.
6 iyun kuni kongressning tantanali ochilishi, Sankt-Peterburg muzeylarida O`zbekiston madani merosiga oid bir qator ko`rgazmalar anjuman kun tartibidan o`rin olgan.
Kongress haqidagi yangiliklarni saytimizda kuzatib boring.