Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” II kongress bo`lib o`tdi va anjuman yakunida O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va targ`ib etish bo`yicha butunjahon jamiyatini tuzishga qaror qilindi.
Butunjahon jamiyati va unga yangi a`zolarni qabul qilinishi shartlari haqida ekspert Andrey Zibkin o`z fikrini bildirdi:
Jamiyatga qabul qilish jarayoni oddiy. Ariza va ikki nafar a`zoning tavsiyasi zarur xolos. Jamiyat boshqaruvining majlisida ariza ko`rib chiqiladi. A`zolik badali ko`zda tutilmagan. Tavsiya jarayonining ko`zda tutilishi jamiyatga tasodifiy odamlar kirib qolishining oldini olish. Qolaversa, a`zolikka o`zini ko`rsata olgan munosib odamlarni qabul qilish maqsad qilingan.
Jamiyat ilmiy kengashining tarkibi bunga yaqqol daldil bo`la oladi. Agar ro`yxatga e`tibor qilsangiz, a`zolarning barchasi faoliyati sohasida o`zini ko`rsata olgan munosib kishilar.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va targ`ib etish bo`yicha butunjahon jamiyati ilmiy Kengashiga O`zbekiston Respublikasit Fanlar Akademiyasi akademigi Edvard Rtveladze saylandi. Ilmiy kengash a`zolari orasida Irina Popova, Efim Rezvan, Akbar Hakimov, Shokir Pidaev, Aleksandr Naymark, Rustam Sulaymanov va boshqa milliy hamda xorijiy olimlar bor.
Jamiyat va uning ilmiy kengashi vazifalarini amalga oshirish ishiga ko`maklashish uchun uning Boshqaruvi tuzildi. “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” multimedia loyihasining muallifi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduholiqov bir ovozdan Boshqaruv raisi etib saylandi.