Hindistonning g`arbiy Bengaliya shtatida yo`lbars baliqchilarga xujum qildi va ular orasidan bir ayolni o`g`irlab ketdi, deya xabar beradi Glunews.ru Associated Press agentligi ma`lumotlariga tayanib.
Baliqchi er-xotinlar kichik daryoda krablarni ovlayotgan vaqtlarida kutilmaganda ularga yo`lbars tashlangan. Yo`lbars ayolni tishlagancha tortqilab o`rmon ichiga olib kirib ketgan. Ayolning turmush o`rtog`i voqea yuzasidan yordam berishlarini so`rab xukumatga murojaat qilgan. Shundan so`ng, ayolni qidirish ishlari boshlangan, biroq yo`lbars xujum qilgan joydan boshlab tekshirilgan katta xududda na ayol va na yo`lbarsning izlari topilmagan.
Aytish joizki, bu holat ayol o`g`rilangan Sundarban tumanidagi birinchi holat emas. Yil boshidan beri ushbu tumanda 6 ta ana shunday "o`g`rilik" holatlari kuzatilgan.
Ekologlarning fikrlaricha, hududdagi o`rmonlarning kamayayotgani, oqibatda esa yo`lbarslar yashash joyining qisqarayotganligi bunday ko`ngilsiz holatlarga sabab bo`lmoqda.





