11—17 iyun, 2018 yil.
Hamal
Moddiy tomonlama imkoniyatingiz yaxshilanib, o`zingizni engil his etasiz. Tashkilotchiligingiz va ishbilarmonlik qobiliyatingiz sabablavozimingiz oshishi mumkin. Hamkasblaringiz ham sizni qo`llab-quvvatlashadi. Ularning ishonchini oqlashga harakat qiling. Payshanba — kasbiy mahoratingizni oshirish uchun qulay fursat. Dam olish kunlariga xaridlarni rejalashtirmang. Farzandlaringiz bilan birga ko`ngilochar maskanlarga boring.
Savr
Bu hafta ishlaringizni reja asosida bajarmasangiz qiynalib qolasiz. Ortiqcha yumushlarni zimmangizga olmang. Biznes hamkorlar bilan kelishuvlarni ham keyingi haftaga qoldirganingiz ma`qul. Haftaning ikkinchi yarmida moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. Juda shart bo`lmasa, xaridlar qilmay turganingiz ma`qul. Dam olish kunlari ko`pdan beri ko`rishmagan qadrdonlaringiz bilan uchrashib, maroqli hordiq chiqarasiz.
Javzo
Javzo burji sohiblari uchun bu hafta faqat pul emas, bilim va tajriba ham muhim rol o`ynaydi. Haftaning birinchi yarmida intellektual qobiliyatingizni ko`rsatish uchun qulay fursat tug`iladi. Natijada, moddiy ahvolingiz yaxshilanib, mo`may daromadga ega bo`lasiz. Atrofingizdagilar ham sizga havas qilishadi. Faqat bundan havolanib ketmang. Dam olish kunlarini oila davrasida o`tkazing.
Saraton
Rejalashtirgan ishlaringizni jadal amalga oshirishga harakat qilasiz. Tig`iz vaziyatlarda o`zingizni qo`lga oling. Hissiyotlarga erk bermang. Aks holdamuammo orttirib olasiz.
Salomatligingizga ham jiddiy e`tibor bering. Bir joyda uzoq muddat o`tirib ishlamang. Nafas olish tizimida bezovtaliklar bo`lishi mumkin. Kechiktirmay o`z vaqtida shifokorga murojaat eting.
Asad
Haftaning birinchi yarmida ko`plab foydali takliflar bo`ladi. Ularni rad etmang. Biznes hamkorlar bilan shartnomalar imzolab, barini muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Natijada, moddiy ahvolingizni ancha yaxshilab olasiz.
Sog`ligingiz biroz bezovta qilishi mumkin. Ehtiyot choralarini ko`rib qo`ying. Dam olish kunlari do`stlar bilan tog`-yon bag`irlariga sayrga chiqasiz.
Sunbula
Bu hafta «sunbula»lar yangi takliflarini amaliyotga joriy etish uchun imkoniyatga ega bo`lishadi. Ularning tashabbuskorligi ijobiy samara beradi. Ish sabab yon-atrofingizdagilarni ranjitib qo`ymang. Hushyor bo`lib yuz berishi mumkin bo`lgan ko`ngilsizlikning oldini oling. Dam olish kunlari farzandlaringiz bilan maroqli hordiq chiqaring.
Mezon
Hafta boshidanoq muammolarni hal etishga kirishasiz. Mehnatingiz munosib taqdirlanadi. Hafta oxiriga borib daromadingiz oshishi kutilmoqda. Hushyor bo`ling, sizning bu yutuqlaringizga hasad qiluvchilar ham topilib qoladi. Ularga e`tibor bermasangiz yutasiz. Dam olish kunlari mehmonga taklif etilasiz.
Aqrab
Bu hafta sizga omad kulib boqadi. Mehnatingiz munosib rag`batlantiriladi. Moddiy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Lekin katta xaridlar qilmang.
Haftaning ikkinchi yarmida muammolaringizga echim topasiz. Ko`proq harakat qiling, ortiqcha hissiyotlarga berilmang. Oilangizni ham unutib qo`ymang. Dam olish kunidagi maroqli hordiq sizga cheksiz kuch bag`ishlaydi.
Qavs
Tartib-intizomli bo`ling. Ishingiz ko`payib ketganidan hammasiga ulgura olamanmikan, deganxavotirga tushasiz. Ammo bu siz o`ylaganchalik vahimali emas. Faqat ishlaringizni reja asosida amalga oshirsangiz hammasi yaxshi bo`ladi.
Haftaning ikkinchi yarmi yorqin lahzalarga boy bo`lishi kutilmoqda. Ko`pdan beri ko`rishmagan qadrdonlaringiz bilan uchrashasiz. Dam olish kunlarini oila davrasida o`tkazing.
Jadiy
«Jadiy»lar uchun bu hafta kutilmagan hodisalarga boy bo`ladi. Atrofdagilar sizga nisbatan xayrixoh bo`lishadi. Hafta boshidayoq moliyaviy masalalarni hal etish uchun qulay fursat tug`iladi. Faqat undan unumli foydalaning. Aks holda bunday imkoniyatqayta bo`lmasligi mumkin. Dam olish kunlari oilaviy hordiq chiqarish uchun tabiat bag`riga sayir uyushtiring.
Dalv
Hafta biznes hamkorlar bilan uchrashuvdan boshlanadi. Dushanba — muhim shartnomalarni imzolash uchun qulay kun. Qaerda bo`lmasin, fikringizni to`g`ri tushuntirolsangiz yutqazmaysiz. Natijada, mo`may daromadga ega bo`lasiz.
Ish bilan bo`lib, sog`likni ham unutib qo`ymang. Hafta so`ngida do`stlaringiz bilan uchrashib, maroqli hordiq chiqarasiz.
Hut
Hafta boshidayoq bir nechta bitimlar imzolaysiz. Faqat sizdan shoshma-shosharlikka yo`l qo`ymaslik talab etiladi. Aniq maqsad yo`lidan boring. Muammolardan cho`chimang. O`z kuchingizga ishonsangiz, albatta, barcha masalalarni osonlik bilan hal etasiz. Shanba — oilaviy xaridlar uchun qulay kun. Dam olish kunlari yaqinlaringizni yo`qlashni unutmang.