AsosiySport

"Olmaliq" avstraliyalik futbolchi bilan shartnoma tuzishi mumkin

Ikkinchi davrada oliy ligada yashil qit`adan kelgan futbolchi to`p tepishi mumkin, deya xabar beradi Championat.asia sayti.

Avstraliyalik 22 yoshli himoyachi Petar Franich "Olmaliq" sharafini himoya qilishga yaqin turibdi.

“Petar kuni kecha O`zbekistonga etib keldi va tibbiy ko`rikdan muvaffaqiyatli tarzda o`tdi”,-deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, uning "Olmaliq" safida maydonga tushishiga hech qanday to`siq yo`q. 

Agar Petar Franich “Olmaliq” sharafini himoya qilsa, u O`zbekistonda to`p surgan ikkinchi avstraliyalik futbolchi bo`ladi. Bunga qadar Avstraliya terma jamoasi futbolchisi Devid Karni 2012 yilgi mavsumda “Bunyodkor” safida harakat qilgan.

    Boshqa yangiliklar