AsosiyDunyo

Antarktidada 2 metrli pingvinlarning qoldiqlari topildi

Antarktidaning Seymur orolida argentinalik olimlar ulkan pingvin qoldiqlarini topishdi. Bu haqda 24smi.org nashri xabar beradi.
Aniqlanishicha, ushbu pingvinlarning og`irligi 115 kilogramm, bo`yi 2 metr bo`lgani, ular sayyoramizda bundan 40 mln. yil oldin yashagani aniqlandi.
Bugungi kungacha bo`yi 1,5 metr bo`lgan pingvinlar dunyodagi eng baland bo`yli pingvinlar sanalgan. Ayni damda ushbu pingvinlarning bo`yi 1,4-1,5 metr, og`irligi esa o`rtacha 40 kilogrammga etadi.
“Ushbu topilmaga Palaeeudyptes klekowskii deya nom berildi”-deydi Olimlar guruhiga rahbarlik qilayotgan olima Karolina Akosta Ospitaleche.

    Boshqa yangiliklar