Norvegiyaning Tromse shahridada bo`lib o`tgan 41-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 9-tur uchrashuvlaridagi turda O`zbekiston ayollar terma jamoasi Kuba termasi ustidan 2,5:1,5 hisobi bilan g`alaba qozonishdi.
Terma jamoa sardori Sarvinoz Qurbonboeva, shuningdek, Sevara Baymuratova, Mohinur Qahramonovalar raqiblari bilan bo`lib o`tgan o`yinda durang natijani qayd etishdi. Yurtdoshimiz Irina Gevorkyan esa kubalik shaxmatchini mag`lub etib, terma jamoaga umumiy g`alabani taqdim etdi.
Musobaqa yakunlanishiga ikki tur qolganida ayollar terma jamoasi 12 ochko bilan 23-o`ringa ko`tarildi. 15-pog`onada borayotgan Hindiston terma jamoasi hisobida ham 12 ochko mavjud.
Sarvinoz Qurbonboeva — Lisandra Ordas 0,5:0,5
Irina Gevorkyan — Yaniet Marrero Lopes 1:0
Sevara Baymuratova — Sulennis Pina Vega 0,5:0,5
Mohinur Qahramonova — Martiza Arribas 0,5:0,5