Evropa matbuoti Londonning “Arsenal” klubi futbolchisi Aaron Remzini mashhurlar hayotiga ta`sir o`tkazayotgani to`g`risida xabar bermoqda.
Football24 nashrining yozishicha, Remzining Angliya superkubogi uchun kechgan uchrashuvda “Manchester Siti” darvozasiga to`p kiritganidan so`ng, amerikalik mashhur aktyor Robin Uilyamsning o`limi haqidagi xabar paydo bo`lgan. Ular ushbu voqealarni “Aaron Remzi la`nati” deya atashmoqda.
Qo`yida Remzi gol kiritgan kunlarda vafot etgan mashhurlarni keltirib o`tamiz:
5 oktyabr 2011: Remzi "Tottenxem" darvozasiga gol urdi - Stiv Djobs vafot etdi
20 oktyabr 2011: Remzi "Marsel" darvozasiga gol urdi - Muammar Kaddafi o`ldirildi
11 fevral 2012: Remzi "Sanderlend" darvozasiga to`p kiritdi - Uitni Xyuston vafot etdi
21 mart 2013: Remzi Uels terma jamoasi safida gol kiritdi - Bebo Valdes olamdan o`tdi
16 may 2013: Remzi "Uigan"ga qarshi uchrashuvda to`p kiritdi –Argentinalik siyosatchi Xorxe Videla vafot etdi
18 sentyabr 2013: Remzi "Marsel" darvozasiga yana to`p kiritdi - bokschi Ken Norton hayotdan ko`z yumdi
30 noyabr 2013: Remzi "Kardiff" darvozasiga ikkita to`p kiritdi – aktyor Pol Uoker avtohalokat qurboni bo`ldi.





