AsosiyShou-biznes

Mashhur aktrisa Odri Xepbernning nabirasi ilk bor jurnallarda paydo bo`ldi

Mashhur aktrisa Odri Xepbernning katta nabirasi Emma Ferrer ayni damda 20 yoshda. Yosh bo`lishiga qaramay modellik faoliyatini boshlagan qizaloq endilikda glyans jurnallarining muqovasida chiqa boshlamoqda.

Day.Az nashrining xabar berishicha, u Harper`s Bazaar jurnali uchun maxsus fotosessiyaga taklif etilgan. Stilistlar Emma uchun 1960 yillardagi eng qimmatbaho va go`zal sanalgan kiyimlar to`plamini tanlashgan. Bunday libos to`plamlarini uning buvisi latofatli aktrisa Odri Xepbern ham kiygan. Eslatib o`tamiz, Emma Ferrerning buvisi Odri Xepbern aktrisa, gumanitar arbob, fotomodel, BMTning ilk ko`ngilli elchilaridan biri sanalgan. U 1954 yili “Rim ta`tillari” filmidagi eng yaxshi ayol obrazi uchun "Oskar" mukofotiga sazovor bo`lgan. Shuningdek, “Sabrina”, “Tiffaninikidagi nonushta” kabi yana o`nlab ajoyib filmlardagi rollari bilan muxlislari qalbidan o`rin egallagan.

    Boshqa yangiliklar