AsosiyDunyo

Chili inkassatorlaridan 11 million AQSh dollari o`g`irlab ketildi

Chilida jinoiy guruh inkassatorlar avtomobiliga hujum uyushtirishdi va 11 million AQSh dollari miqdorida pul o`g`irlab ketishdi. Bu haqda ITAR-TASS  Chili OAVlariga tayanib xabar bermoqda.

Bu voqea Chili tarixidagi eng katta o`g`rilik hisoblanmoqda. Jinoyat Chili poytaxti Santyagodagi aeroportda amalga oshirildi. Inkassatorlar samolyot bortiga pulni joylashayotgan payt, jinoyatchilar qurol yordamida terminal hududiga bostirib kirishgan.

Qayd etilishicha, inkassatorlar xususiy qo`riqlash firmasi tomonidan qo`riqlangan. Nizomga muvofiq, qo`riqchilar aeroport hududida qurolsiz bo`lishgan.  Jinoyatchilar esa quroldan tashqari terminal hududiga kirish uchun kerakli hujjatlarga ham ega bo`lishgan.  Shu sababli, Chili Ichki ishlar vaziri Rodrigo Penyaylilo ushbu jinoyatni “uyushgan jinoiy guruh” tomonidan amalga oshirilganligini aytmoqda.

Hozirda polisiya jinoyatchilar iziga tushish uchun maxsus operasiyalar o`tkazmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar