Nafaqat O`zbekiston, balki jahon sporti tarixida yorqin iz qoldira olgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina bugun 43 yoshga to`ldi.
1992 yilgi Olimpiya o`yinlari chempioni, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi vise-chempioni, uch karra karra jahon chempioni, Evropa chempionati va Osiyo o`yinlari g`olibi Oksana Chusovitina O`zbekistonning faxri hisoblanadi. U ettita yozgi Olimpiya o`yinlari ishtirokchisi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) hisoblanadi. Oksana ushbu ko`rsatkich orqali Ginnes rekordlari kitobiga hamda Xalqaro gimnastika shon-sharaf zaliga kiritilgan. E`tiborlisi, Chusovitina professional faoliyatini yakunlamay turib shon-sharaf zaliga kirgan er yuzidagi yagona gimnastikachi hisoblanadi.
Oksana Chusovitinaning xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sportchi faxriy unvoni egasi, shuningdek «Do`stlik», «Mehnat shuhrati» va «El-yurt hurmati» ordenlari bilan taqdirlangan.
U yana Olimpiya o`yinlarida ishtirok etmoqchimi?
«Nima uchun yo`q? Atrofdagilar meni aqldan ozganligimni muhokama qilishni to`xtatishdi. Shuncha yildan beri musobaqalarda ishtirok etib kelayapman, demak odamlar bunga o`rganishdi. Muammo nimada? Men musobaqalarga oxirgi o`rinni egallash uchun borayotganim yo`qku? Hattoki medallar qo`lga kiritayapman. Bu menga juda yoqyapti» – degandi Oksana o`z intervyularining birida.






