AsosiySport

JCh-2018. Ravshan Ermatov markaziy o`yinlardan birini boshqaradi

'JCh-2018. Ravshan Ermatov markaziy o`yinlardan birini boshqaradi'ning rasmi

FIFA Argentina - Xorvatiya uchrashuviga hakamlarni tayinladi, deb xabar berdi Olamsport nashri.

21 iyun kuni Nijniy Novgorod shahridagi stadionda bo`lib o`tadigan mazkur bahsni o`zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi. Qanotlarda unga hamyurtlarimiz Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Zaxira hakami taitilik Norbert Xauata.

Shu tariqa, Ermatov Jahon chempionatlaridagi boshqargan o`yinlari soni bo`yicha o`zi o`rnatgan rekordni yangilaydi. Bugunga qadar Ermatov JCh final bosqichlarida 9ta o`yinda bosh hakam bo`lgandi.

Argentina - Xorvatiya
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (O`zbekiston)
Qanot hakami: Abduhamidullo Rasulov (O`zbekiston)
Qanot hakami: Jahongir Saidov (O`zbekiston)
Zaxira hakami: Norbert Xauata (Taiti)

Boshqa yangiliklar