AsosiySport

O`zbekiston FIFA reytingida bir pog`ona ko`tarildi

O`zbekiston FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingida 51 pog`onada qayd etildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oyda egallagan reytingidan 1 pog`ona yuqorilagan.

O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo miqyosida hamon uchinchi o`rinda bormoqda. Osiyo Qit`asi reytingida O`zbekiston huddi avvalgi oydagi kabi Yaponiya (44) va Eron (48)dan keyingi o`rinni egallab turibdi. O`zbekistondan keyingi ikki o`rinni esa Iordaniya (56) va Janubiy Koreya (57) terma jamolari band etishgan. Jahon chempionati ishtirokchisi Avstraliya (79) esa qit`ada 8-o`ringa o`ringa tushib ketgan.

MDH, Gruziya va Boltiqbo`yi mamlakatlari orasida O`zbekiston milliy terma jamoasi Ukraina (jahonda 22-o`rinn), Rossiya (23) va Armaniston (36)dan so`ng to`rtinchi o`rinni band etgan.

Jahon reytingida esa amaldagi jahon chempioni - Germaniya peshqadam bo`lib turibdi. Germaniya terma jamoasidan keyingi o`rinlarda Argentina va Gollandiya terma jamoalari o`rin olishgan.

    Boshqa yangiliklar